hasrat etiketine sahip kayıtlar gösteriliyor. Tüm kayıtları göster
hasrat etiketine sahip kayıtlar gösteriliyor. Tüm kayıtları göster

31 Mart 2011 Perşembe

Oqcharloq

Hasrati tugun-tugun, uchini topib bo’lmas,
O’tmas pichoq misoli payt poylar ortda zamon.
Ishqqa fatvo o’qiydi suvlarning yetim qushi,
Qanotlarida qayg’u, boshida qora tuman.
 
Yuksaklarda uchsa u, ko’k yuzida suzilsa,
Qubba cho’kar ustiga, daydi shamollar esar.
O’zini ovutsada, navnihol yuzi kulsa,
Bir qora isyon kelar, xayollarini kesar.
 
Qaramang, shodlik yo’qdir, tovushida, sasida,
Qalbi mening qalbimdek, bo’shliqlarni-da Sezar.
Qochib qayg’a ketar u – baliqchilarga tutqun,
Ha taqdirga nihoya, na dardiga shifo bor.
 
Shunday yashar-da ketar, xaroba qirg’oqlarda,
O’lim unga bir sog’inch, o’lim tasalli erur.
Deydilarki, ishqi ham cho’kib ketgan suvlarga,
Qora qismat unga ham va menga ham muqarrar.


Tarjimonlar: Jabbor Eshonqul va G'aybulla Boboyorov

10 Mart 2011 Perşembe

Hasrat

Sensiz endi ko'p og'ir ko'p og'ir endi sensiz
so'zlar anglata olmas quvvatsiz qolur tilim
ko'zlaring dengiziga tomchidek singib ketsam
yuzingni bulutlarga naqsh etib sevgilim

Qay zamon kunga boqsam kunga boqsam qay zamon
chag'alaydek charx urib bo'zlayman darvish kabi
ko'k yuzida uchsam men misli ko'lankang bo'lib
sendan olislab ketmay ey qalbim sohibi

Oqshomlar mahzun bunda bunda oqshomlar mahzun
yolg'izlik sharobidan ajalning hidi anqir
qayg'u bulog'i toshar yuragimda hasrating
bu sog'inch otash raqsi u yong'indir, u seldir...

Tarjimonlar: Jabbor Eshonqul va G'aybulla Boboyorov