Oqcharloq
Hasrati tugun-tugun, uchini topib bo’lmas,
O’tmas pichoq misoli payt poylar ortda zamon.
Ishqqa fatvo o’qiydi suvlarning yetim qushi,
Qanotlarida qayg’u, boshida qora tuman.
O’tmas pichoq misoli payt poylar ortda zamon.
Ishqqa fatvo o’qiydi suvlarning yetim qushi,
Qanotlarida qayg’u, boshida qora tuman.
Yuksaklarda uchsa u, ko’k yuzida suzilsa,
Qubba cho’kar ustiga, daydi shamollar esar.
O’zini ovutsada, navnihol yuzi kulsa,
Bir qora isyon kelar, xayollarini kesar.
Qubba cho’kar ustiga, daydi shamollar esar.
O’zini ovutsada, navnihol yuzi kulsa,
Bir qora isyon kelar, xayollarini kesar.
Qaramang, shodlik yo’qdir, tovushida, sasida,
Qalbi mening qalbimdek, bo’shliqlarni-da Sezar.
Qochib qayg’a ketar u – baliqchilarga tutqun,
Ha taqdirga nihoya, na dardiga shifo bor.
Qalbi mening qalbimdek, bo’shliqlarni-da Sezar.
Qochib qayg’a ketar u – baliqchilarga tutqun,
Ha taqdirga nihoya, na dardiga shifo bor.
Shunday yashar-da ketar, xaroba qirg’oqlarda,
O’lim unga bir sog’inch, o’lim tasalli erur.
Deydilarki, ishqi ham cho’kib ketgan suvlarga,
Qora qismat unga ham va menga ham muqarrar.
Tarjimonlar: Jabbor Eshonqul va G'aybulla Boboyorov
O’lim unga bir sog’inch, o’lim tasalli erur.
Deydilarki, ishqi ham cho’kib ketgan suvlarga,
Qora qismat unga ham va menga ham muqarrar.
Tarjimonlar: Jabbor Eshonqul va G'aybulla Boboyorov
Hikoya
hazon yaprog’i edi u kuni zamon
va ayol xiyonat tug’di
sadafdan
yetti zarpechak umrini yashab
faryod faryodiga
yetti mahal tusharkan qulab
zamon oqsar edi u kuni
qon qirmizi ekanligin bilsa-da
ilon tug’ildi birdan
suvlar teskari oqdi / yo’q qurib qoldi
u kun qorasovuq yashirin
olovga tashlandi
olovni bo’g’di
va to’xtab qoldi
to’xtab qoldi xivchinlarni kutayotgandek go’yo
yetti kun uxlamagan tegirmon

Ahmet Yalçınkaya (1963-yil tugʻilgan) - turk shoiri va akademigi. Boshlangʻich va oʻrta sinflarni G`arbiy Olmoniyada, yuqori sinflarni esa Istanbulda oʻqidi (1981). Bogʻazichi Universiteti, Istanbul Texnika Universiteti, Anadolu Universiteti va Rutgers Universitetida muhandislik, robot va menejment boʻyicha ta`lim oldi. Turli korxonalarda yuqori lavozimlarda ishladi. O`zbekistondagi Namangan Muhandislik Pedagogika Institutida oʻqituvchilar kengashida faoliyat olib bordi. Qisqacha,Germaniyada oʻsdi, Turkiyada oʻqidi, AQShda yozdi va O`zbekistanda ishladi. Yaqinda Turkiyaga qaytdi. Hozirda boshqaruvchi lavozimida ishlab kelmoqda va Blekinge Texnologiya Institutida ilmiy ishlar bilan shugʻullanmoqda.
Turkiya, Olmoniya, Angliya, Gollandiya, Misr va
O`zbekistonda nashr qilingan Mavera, Kiragʻi, Harman, Endulus, Vahdet, Zaman,
Al-Ahram Weekly, Impakt, Das Licht ve Yosh Kuch kabi koʻplab gazeta va
jurnallarda she`r, maqola, insho, xat, suxbat, nasr va nazm tarjimalari chop
etildi. Koʻplab taxalluslar bilan ijod qildi va turli mukofotlarga sazovor
boʻldi. Kiragʻi she`riy jurnalining Istanbuldagi vakili sifatida ishladi
(1995-97). Endulus jurnalining nashriyot kengashiga a`zolik qildi (1997-98).
Bir guruh doʻstlari bilan Mevsim jurnalini chop etish xarakatida tayorgarlik
ishlarini olib bormoqda.
Dagʻlarda Yer Yok (Togʻlarda Joy Yoq,
1997), Yetim Kalan Shiirler (Yetim qolgan she`rlar, 2001), Yuragimning Koʻz
Yoshi (Saylanma, 2001), va O`zlem Sularinda (Sogʻinch, Elektron kitob, 2004,
2005, 1-Nashr, 2005) nomli she`riy toʻplamlari va Richard Mildston bilan
xamkorlikda yozilgan Poems of the Night (Tun she`rlari, 2005) nomli she`riy
antologiya nashr qildi. Bundan tashqari Production and Utilisation of Biogas
(Biogaz ishlab chiqarish va undan foydalanish, 1987, 2005) va Dual Sayıların
Robot Kinematik ve Dinamigʻinde Kullanımı (Dual sonlardan robot dinamika va
kinematikasida foydalanish, 1991, 2005) kabi texnik soxaga oid asarlari mavjud.
Hiç yorum yok:
Yorum Gönder