8 Nisan 2013 Pazartesi

Hikoya

hazon yaprog’i edi u kuni zamon
va ayol xiyonat tug’di
sadafdan
yetti zarpechak umrini yashab

faryod faryodiga yetti mahal tusharkan qulab

zamon oqsar edi u kuni

qon qirmizi ekanligin bilsa-da
ilon tug’ildi birdan
suvlar teskari oqdi / yo’q qurib qoldi
u kun qorasovuq yashirin
olovga tashlandi
olovni bo’g’di
va to’xtab qoldi
to’xtab qoldi xivchinlarni kutayotgandek go’yo
yetti kun uxlamagan tegirmon

Tarjimonlar: Jabbor Eshonqul va G'aybulla Boboyorov